Rossiyaning Tomsk viloyati, Kolpashevo shahrida ayiq bolalar maydonchasiga kelib, arg‘imchoqda uchmoqchi bo‘ldi. Biroq arg‘imchoq uning uchun juda kichiklik qildi, deb hikoya qiladi Meduza.
Kolpashevo tumani o‘rmonchisi Sergey Yelnikovga ko‘ra, ayiq voqea kuni shaharda tomosha ko‘rsatgan sirkka tegishli. Sirk xodimi jonivorni jilovda olib yurgan va ayiq atrofdagilar uchun xavf tug‘dirmagan.
Izoh (0)