Klod Monening “Pichan g‘arami” surati Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Christie’s auksion uyi kimoshdi savdosida ushbu fransuz musavviri asarlari uchun rekord summa — 81,4 million dollarga sotildi. Mone kartinalari uchun avvalgi rekord 80,4 million dollarni tashkil etgandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mazkur kartina Monening shu nomdagi 25 suratdan iborat turkumiga mansub. Uning qiymati 40 million dollarga baholangandi.
Vasiliy Kandinskiyning oxirgi bor bundan 50 yil avval auksionga qo‘yilgan “Qattiq—egiluvchan” surati ham o‘z xaridorini topdi. Kartina 23,3 million dollarga sotildi va bu ham rus rassomi asarlari uchun rekord hisoblanadi.
Shuningdek, Christie’s auksion uyi 16-noyabr, chorshanba kuni o‘tkazgan savdolar chog‘ida Sezann, Pikasso, Matiss va boshqa qator mashhur rassomlar asarlari ham sotilib ketdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)