Deyn ismli bola o‘zining blogidagi ilk obunachi — buvisiga atab videomurojaat yozganidan so‘ng mashhur bo‘lib ketdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
17-noyabr kuni bola maxsus murojaatni internetga joylashtirib, unda o‘sha payti yonida o‘tirgan buvisiga qo‘llab-quvvatlagini uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, Deyn uning kanaliga boshqalar ham obuna bo‘lishini kutganini tan oldi.
Unga qadar Deyn yana bir videorolik yozib, unda hali blogiga hech kim qo‘shilmaganidan afsusdaligini bildirgan edi.
Ammo buvisiga atab yozilgan rolikdan so‘ng foydalanuvchilar yosh blogerni qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi. Hozirda Deynning kanalida 20 mingdan ortiq obunachi bor. Uning buvisiga bag‘ishlagan videosi esa yarim million marta ko‘rildi.
Izoh (0)