AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi direktori lavozimiga ilgari surgan konservativ respublikachi kongressmen Maykl Pompeo dissident (boshqacha fikrlovchi, maslak-maqsadi boshqa odam)larni qatl qilishni maqbul deb hisoblaydi. Bu haqda Edvard Snouden Osloda xalqaro PEN-klubning Norvegiyadagi bo‘linmasi taklifi bilan videoaloqa orqali so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi, deb yozadi “TASS”.
“Bugun yangiliklarda MRBning yangi direktori men kabi dissidentlarni o‘lim jazosiga mahkum etish kerak, deb hisoblaydigan odam bo‘lishini aytishdi, — dedi AQSh maxsus xizmatlari sobiq xodimi. — Bunday odamlar kimdir hukumatga qarshi bo‘lgan vaziyatni hal qilishda bu mos chora deb hisoblaydi”.
Snouden Pompeo 2016-yil fevralida telefirda aytgan gaplariga ishora qilmoqda. O‘shanda u Snoudenni xoin deb atagan va unga mos jazo qatl bo‘lishini aytgan edi.
Izoh (0)