Janubiy Koreya prokuraturasi 18-noyabr, juma kuni Samsung kompaniyasining Strategik rejalashtirish bo‘limi rahbari Chan Chjun Gini Koreya Respublikasi prezidenti Pak Kin Xe atrofidagi korrupsiya mojarosi tufayli so‘roq qildi, deb yozadi “TASS” “Ryonxap” agentligiga tayanib.
Chan Chjun Gi Seul prokuraturasi binosiga borib, Chxve Sun Sil ishi bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Avvalroq Janubiy Koreya prokuraturasi mamlakat prezidenti Pak Kin Xe va davlat qarorlariga noqonuniy ravishda ta’sir ko‘rsatishda gumonlanayotgan dugonasi Chxve Sun Sil bilan bog‘liq siyosiy mojaroni tergov qilish doirasida Samsung kompaniyasi ofislarida tekshiruv o‘tkazgan edi.
Janubiy Koreya prokurorlari Samsung prezident dugonasining qiziga moliyaviy yordam bergan-bermaganini tekshirdi. Avvalroq Samsung Chxve Sun Sil va uning qizi egadoshlik qiladigan kompaniyaga 2,8 million yevro taqdim etgani haqida tasdiqlanmagan ma’lumot paydo bo‘lgan edi.
Izoh (0)