Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on G‘arb mamlakatlarini IShID terrorchilik guruhini qo‘llab-quvvatlashda aybladi, deb yozadi “TASS”. Bu haqda u Pokiston parlamentida so‘zlagan nutqida aytib o‘tdi.
“IShID qo‘llayotgan qurol G‘arbda ishlab chiqarilgan, — deya qo‘shimcha qildi Turkiya prezidenti. — Bularning barchasi islom dunyosiga qarshi qilinmoqda”.
Turkiya yetakchisi uning mamlakati o‘z hududida, Suriyada va Iroqda IShIDga qarshi jiddiy jang olib borayotganini ta’kidladi. “Bu tashkilot islom bilan hech qanday bog‘liqlikka ega emas, — dedi Erdo‘g‘on. — Hech kim islomga ularchalik katta zarar yetkazmaydi”.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)