AQSh Kongressi vakillar palatasi Boeing samolyotlarini Eronga sotish va lizingga berishni man etuvchi qonun loyihasini qabul qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Respublikachilar partiyasi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatni yoqlab 243 kongressmen ovoz berdi, 174 kishi qarshi chiqdi.
“Amerikalik soliq to‘lovchilar, bank tizimi terrorchilikning dunyodagi eng katta homiylaridan bo‘lgan davlatga bizga noma’lum maqsadlarda ishlatilishi mumkin bo‘lgan samolyotlarni xarid qilishda yordam bermasligi kerak”, — deya ta’kidladi palata a’zosi, respublikachi Bob Dold.
Loyiha senat tomonidan ko‘rib chiqiladi va ma’qullangan taqdirda imzolash uchun AQSh prezidentiga yuboriladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)