Bolgariya parlamenti mamlakat hukumatini iste’foga chiqardi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Bosh vazir Boyko Borisov hukumatini iste’foga chiqarishni 218 deputat qo‘llab-quvvatladi, hech kim qarshi chiqmadi, ikki kishi ovoz berishdan tiyildi.
Eslatib o‘tamiz, Borisov uning partiyasidan prezidentlikka ko‘rsatilgan nomzod saylovda g‘alaba qozona olmaganidan so‘ng iste’foga chiqishi haqida ma’lum qilgan va parlament — Xalq kengashiga bu haqdagi talabnomani kiritgandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)