Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif va mamlakat armiyasi qo‘mondoni Raxil Sharif Hindiston bilan chegaradagi 16-noyabr, chorshanba kuni harbiy mashqlar boshlangan hududga yo‘l oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Mamlakat rasmiylari vakillariga ko‘ra, mashqlarga tanklar, artilleriya va boshqa og‘ir qurol-aslaha safarbar etiladi. Mashg‘ulotlar doirasida Pokiston armiyasining “dushmanlik vaziyati yuzaga kelishi” holatiga tayyorgarligi tekshiruvdan o‘tkaziladi.
Pokiston armiyasining mashqlari Kashmirdagi ikki davlatni ajratuvchi nazorat chizig‘ida vaziyat keskinlashgan paytda o‘tkazilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)