International SOS va Control Risks kompaniyalari mutaxassislari 2017-yilda turistlar uchun eng xavfli bo‘ladigan mamlakatlar reytingini tuzdi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”. Eng nobop mamlakatlar orasida Somali, Suriya, Afg‘oniston va boshqalar bor. Ukraina ro‘yxatda xavf darajasi o‘rtacha bo‘lgan davlat sifatida keltirilgan.
Ekspertlar, shuningdek, interaktiv xaritani yaratdi, unda mamlakatlar xavf darajasiga qarab, turli ranglar bilan ajratilgan. Eng xavfli mamlakatlar Liviya, Markaziy Afrika Respublikasi, Janubiy Sudan, Somali, Suriya, Yaman, Afg‘oniston va boshqalar bo‘ldi.
Ulardan quyiroqda Chad, Pokiston, Kongo Demokratik Respublikasi, Saxaradagi Liviya cho‘li joylashdi.
Ukraina, Rossiya, Qozog‘iston, Belarus, Hindiston, Saudiya Arabistoni, Braziliya o‘rtacha xavf darajasiga ega mamlakatlar deb topildi.
Eng xavfsiz mamlakatlar sifatida esa Fransiya, Ispaniya, Italiya, Polsha, Kanada va AQSh qayd etildi.
Izoh (0)