AQSh prezidenti Barak Obama 15-noyabr, seshanba kuni Gretsiya bosh vaziri Aleksis Sipras bilan matbuot anjumanida ular Yevroittifoq tomonidan Ukrainadagi inqiroz tufayli Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarni “saqlab qolishning muhimligi”ni muhokama qilganini aytdi, deb yozadi “TASS”.
“Biz, shuningdek, razvedka ma’lumotlari bilan ayirboshlash zaruriyatini muhokama qildik, bu terrorchilik hujumlarining oldini olishga yordam beradi. Sanksiyalar, jumladan, Yevroittifoqning Rossiyaga qarshi sanksiyalari u o‘zining Minsk kelishuvlari bo‘yicha majburiyatlarini to‘liq bajarmagunicha saqlab qolinishi muhim deb hisoblaymiz”, — dedi Obama.
Bundan tashqari, Amerika yetakchisi ta’kidlashicha, Gretsiya hukumati mudofaa qobiliyatini oshirishga xarajatlarni ko‘paytirgan, NATOga a’zo mamlakatlarning hammasi ham bunga jur’at qilmagan. “Gretsiya buni hatto o‘z iqtisodiyoti uchun eng murakkab bo‘lgan vaqtda amalga oshirdi”, — deya qayd etdi Obama.
Izoh (0)