Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi, deb yozadi “Gazeta.ru” Kreml saytiga tayanib.
Putin Trampga saylovoldi dasturini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi va yangi ma’muriyat bilan “tenglik, o‘zaro hurmat va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik tamoyillari asosida” hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga shaylikni qayd etdi.
Ta’kidlanishicha, suhbat chog‘ida Putin va Tramp Rossiya va AQShning hozirgi munosabatlarini “o‘ta qoniqarsiz holatda” deb topgan.
Ular, shuningdek, ikki mamlakat aloqalarini normallashtirish bo‘yicha faol hamkorlikdagi ishlar foydasiga fikr bildirdi.
Putin va Tramp aloqalarni telefon orqali davom ettirishga, kelajakda esa shaxsan uchrashishga kelishib oldi.
Izoh (0)