Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Aleksey Ulyukayevning hibsga olinishi mamlakat hukumatining iste’fosi uchun yetarli asos bo‘la olmaydi. Bu haqda Kreml rasmiy vakili Dmitriy Peskov bayonot berdi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Jurnalistlarning bu haqdagi savoliga javob berarkan, Peskov bu ikki masala aloqador emasligini ma’lum qildi.
“Aloqa ko‘rmayapman. Gap shaxsiy ayblovlar haqida ketmoqda, ular esa u yoki bu vazirning yoxud shunchaki jismoniy shaxsning aybdor yoki korrupsioner deb tan olinishi uchun asos bo‘la olmaydi”, — ta’kidladi u.
Shuningdek, Peskov mamlakat prezidenti Vladimir Putin Ulyukayevni ishdan bo‘shatish qarorini qabul qilgani haqidagi gaplarni tasdiqlamadi.
Bir muddat oldin Rossiya tergov qo‘mitasi Ulyukayevga nisbatan ayblov ilgari surgan edi. U 15 yilga qamalishi mumkinligi aytilmoqda.
Izoh (0)