Samsung sun’iy intellekt, kompaniyaning yangi flagmani — Galaxy S8’ga o‘rnatiladigan shaxsiy ovozli yordamchi uchun jiddiy yangilanmani rejalashtirmoqda, deb yozadi “RBK”.
Galaxy S8’ning so‘nggi prototiplarida Samsung smartfon korpusining yon qirrasiga o‘rnatilgan tugmani sinovdan o‘tkazmoqda, u orqali shaxsiy yordamchini chaqirish mumkin bo‘ladi. Sun’iy intellekt Apple smartfonlaridagi Siri ovozli yordamchisiga o‘xshash bo‘ladi.
The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib yozishicha, oktabr oyida kompaniya Viv Labs startapini sotib olgan. Yangi shaxsiy yordamchi o‘z raqobatchilaridan tubdan farq qiluvchi Viv Labs texnologiyalari asosida ishlab chiqiladi.
Izoh (0)