Nokia kompaniyasi yil oxirigacha ikkita yangi smartfonni taqdim etishi mumkin, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”.
Insayderlar Weibo’da ulardan biri — D1C modelining renderlari va orqa korpusi suratlarini e’lon qildi. Dastlab bu smartfon bo‘lishi taxmin qilindi, ammo qator manbalar qurilma 13,8 dyuymli ekranga ega bo‘lishini ta’kidladi.
Renderlarda odmi va ixcham dizaynga ega qurilma aks etgan.
Orqa korpusning “jonli” suratlari esa smartfon haqiqatda yirik bo‘lishini ko‘rsatdi, biroq ekran diagonalini aniqlab bo‘lmadi.
Avvalroq AnTuTu benchmarkida Nokia D1C xususiyatlari haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi. Unga ko‘ra, qurilma 8 yadroli Qualcomm Snapdragon 430 chipseti, 3 Gb tezkor va 32 Gb doimiy xotira, 13 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kameraga ega bo‘ladi, Android 7.0 Nougat operatsion tizimida ishlaydi.
Izoh (0)