Xitoyning Weibo ijtimoiy tarmog‘ida yangi romsiz qurilma renderlari paydo bo‘ldi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Insayderlar ta’kidlashicha, ushbu smartfonni Meizu kompaniyasi Xiaomi Mi MIX’ga javoban chiqaradi.
Xiaomi Mi MIX’ning ekrani ustida panel yo‘q — kamera va yoritish sensori pastga, “Uyga” tugmasiga ko‘chirilgan. Yangi Meizu smartfonida esa pastki panel ham yo‘q — buni hali hech qaysi kompaniya amalda sinab ko‘rmagan edi.
Ekran atrofidagi rom, rasman mavjud, ammo u juda ingichka. Barmoq izi skaneri ekran shishasi ostiga o‘tkazilgan, “Uyga” tugmasi virtual holatga keltirilgan.
Smartfon 24-dekabr kuni taqdim etilishi taxmin qilinmoqda.
Avvalroq Xiaomi kompaniyasi oktabr oxirida taqdim etgan Xiaomi MIX smartfoni bilan bog‘liq ilk muammolar ma’lum qilingan, qurilmaning romsiz ekrani o‘ta zaif va tez sinadigan bo‘lib chiqqan edi.
Izoh (0)