Meksikaning Tulansingo shahrida havaskor futbol klublari o‘rtasidagi o‘yinda Ruben Rivera Vaskes ismli futbolchi uchrashuvni boshqarib borgan 59 yoshli referi — Viktor Trexoning joniga qasd qildi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Hodisa 6-noyabr kuni sodir bo‘ldi. Hakam Vaskesga qizil kartochka ko‘rsatdi va bundan g‘azablangan futbolchi hakamning yuziga zarba berdi. Kuchli zarbadan so‘ng referi voqea joyida halok bo‘ldi. Shifokorlar uning hayotini saqlab qola olmadi.
Hodisa joyidan yashiringan sportchini politsiya xodimlari izlamoqda.
Izoh (0)