O‘zbekiston Adliya vazirligi “O‘zbekiston Kiberfutbol o‘yinlari assotsiatsiyasi” nodavlat notijorat tashkilotini rasman ro‘yxatga oldi. Bu haqda “Championat.asia” internet-nashri xabar bermoqda.
Uyushma O‘zbekiston hududida kiberfutbolni ommalashtirish, kiberfutbol virtual sport turini rivojlantirish, shuningdek, virtual sport tadbirlari va virtual sport musobaqalarini o‘tkazishni tashkil etish hamda jismoniy shaxslarni kiberfutbol spor turi bo‘yicha musobaqalarga tayyorlash maqsadida tuzilgan.
Tashkilot prezidenti etib Aziz Pattaxov, vitse-prezidenti etib Alixon Alimaksumov, tashkilot kotibi sifatida Sirojiddin Kamolov saylangan. O‘zbekiston kiberfutbol o‘yinlari assotsiatsiyasi faoliyati haqida uning saytidan to‘liqroq axborot olish mumkin.
Ma’lumot uchun, kiberfutbol — internet tarmog‘i orqali onlayn rejimida kompyuter, PlayStation va Xbox o‘yin qurilmalari orqali o‘ynaladigan videoo‘yindir.
Avvalroq kiberfutbol bo‘yicha 2017-yilgi jahon chempionatida O‘zbekiston vakili ham ishtirok etishi haqida xabar berilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)