Braziliya chempionatining uchinchi divizionida ishtirok etuvchi “Guarani” futbol jamoasi himoyachisi Ferreyra “Boa”ga qarshi bahsda uni maydondan chetlatgan hakamni urdi. Bu haqda, Globo Esporte nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Voqea o‘yinning ikkinchi taymida ro‘y berdi. Ferreyra raqib jamoa hujumchisiga qarshi qo‘pol o‘ynadi, shundan so‘ng hakam unga qizil kartochka ko‘rsatdi. Ferreyra qarorni adolatsiz deb hisoblab, hakamga mushtlari bilan javob qaytardi. Uni maydondan jamoadoshlari va stadion xodimlari olib chiqib ketdi.
O‘yin “Boa” foydasiga 3:0 hisobida yakunlandi.