Butunxitoy xalq vakillari kengashi doimiy qo‘mitasi 7-noyabr kuni xususiy tijoriy maktablar faoliyatini taqiqlash to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Qonun 2017-yil 1-sentabridan kuchga kiradi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Jamoat ta’limi tizimi hukumat tomonidan ta’minlanishi lozim. Tijoriy xususiy maktablar bepul ta’lim tizimiga to‘g‘ri kelmaydi”, — dedi XXR ta’lim vaziri o‘rinbosari Chju Chjiven qabul qilingan qonun munosabati bilan.
Xitoyda ayni paytda 9 sinflik tizim bo‘yicha ishlaydigan 162,7 ming xususiy maktab bo‘lib, ularda 45,7 million o‘quvchi tahsil oladi.
Izoh (0)