• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Tramp so‘rovlardan biriga ko‘ra Hillari Klintonni ortda qoldirdi. Endi u saylovda g‘alaba qozonadimi?

    The Washington Post (Hillari Klintonni qo‘llab-quvvatlaydi) va ABC News (hech bir nomzodni qo‘llab-quvvatlamaydi)ning birgalikdagi so‘rovi 1-noyabr kuni, AQShdagi prezident sayloviga roppa-rosa bir hafta qolganida Donald Tramp AQShning sobiq davlat kotibi Klintonni bir foizga ortda qoldirayotganini ko‘rsatdi. Tramp 2016-yil mayidan beri birinchi marta peshqadamlikni qo‘lga oldi, bu hodisa Klintonning yozishmalarini tekshirish qayta boshlangani, shuningdek, FQB milliarder-nomzodning Kreml bilan aloqalari haqida hech qanday dalil topa olmagani haqidagi xabarlar ortidan yuz berdi. Meduza nashri yangi so‘rov natijalari nimadan darak berishi va oxir-oqibat Trampda Klintonni ortda qoldirish imkoniyati bor-yo‘qligi haqida hikoya qiladi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Trampdan ko‘pdan beri birinchi marta ijtimoiy so‘rovda Klintonni ortda qoldirishga muvaffaq bo‘ldi. The Washington Post va ABC News’ning birgalikdagi tadqiqoti AQSh prezidenti saylovida saylovchilarning 46 foizi o‘z ovozini Trampga, faqat 45 foizi Klintonga ovoz berishini ko‘rsatdi. So‘nggi bor bunday holat 2016-yil may oyida, hali Klinton ham, Tramp ham o‘z partiyasining rasman yagona nomzodiga aylanmagan vaqtda yuz bergan edi. O‘shandan beri The Washington Post va ABC News so‘rovlarida muntazam ravishda Klinton peshqadamlik qilgan, e’tiborli tomoni, oktabr oxirida ular orasidagi farq 12 foizga yetgan edi.

    Muhim izoh: gap saylovchilarning umummilliy ovoz berishi haqida bormoqda, AQShda esa prezident saylashga vakil qilingan shaxslar (tanlovchilar) ovoz berishi natijalariga ko‘ra aniqlanadi, ularning soni esa har shtatda turlicha. Masalan, bir nomzod saylovchilarning ko‘proq ovozini to‘plagani holda tanlovchilarning ovoz berishida yutqazishi ham mumkin — kenja Jorj Bush 2000-yili aynan shu yo‘l bilan prezidentga aylangan. The Washington Post va ABC News’ning so‘rovnomasi tanlovchilarning ovoz berishiga daxldor emas.

    • AQSh prezidenti saylovi—2016

    The Washington Post va ABC News so‘rovnomasi har doim ham g‘olibni to‘g‘ri topavermaydi. 2004-yilgi saylovga bir hafta qolganida mazkur so‘rov Jon Kerri kenja Jorj Bushni bir foizga ortda qoldirayotganini, 2012-yili esa Mitt Romni Barak Obamani yana bir foizga ortda qoldirayotganini ko‘rsatgan. Ma’lumki, o‘sha saylovlarda Bush va Obama g‘alaba qozongan — mos ravishda uch va to‘rt foizlik farq bilan.

    Trampda saylov arafasida obro‘im oshdi, deb hisoblash uchun asoslar bor. Buning uchun respublikachilarning nomzodi aytarli ish ham qilgani yo‘q. Birinchidan, FQBning Tramp va Rossiya o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlash yuzasidan olib borgan surishtiruvi natijalari ma’lum bo‘ldi — demokratlar mazkur aloqalarni bir necha bor mavzuga aylantirib, Klinton shtabi boshlig‘ining yozishmalari sizib chiqishi va boshqa xakerlik hujumlarida Rossiya maxsus xizmatlarini ayblab chiqqan edi.

    The New York Times’ning yozishicha, FQB mutaxassislari Tramp yoki uning maslahatchilari Rossiya bilan bevosita bog‘liqligini ko‘rsatuvchi dalillarni topa olmagan. Xususan, FQB Trump Foundation va Rossiyaning “Alfa-bank”i serverlari o‘rtasidagi shubhali aloqaga qiziqqan, biroq tergovchilar buning ham arzirli sababi bor, degan xulosaga kelgan: masalan, bank Trump Foundation xodimlaridan biriga shunchaki reklama xatlarini yo‘llagan bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, tekshiruv rossiyalik xakerlar saylovda tartibsizlik keltirib chiqarishga urinayotganini tasdiqlagan, biroq ular aynan Trampning foydasini ko‘zlab ish qilayotganini tasdiqlamagan.

    Ikkinchidan, Hillari Klintonning shaxsiy pochta serveri atrofidagi tergov qayta boshlangan. Avvalroq maxsus xizmat Klinton davlat kotibi lavozimida rasmiy pochta serveri o‘rniga shaxsiy serverdan foydalanganining qonunga zid joyi yo‘qligini ma’lum qilgan edi. Biroq yaqinda yangi xatlar sizib chiqdi va FQB tergovni qayta boshlashga qaror qildi. Va nihoyat, saylovga bir hafta qolganida FQB axborotni oshkor etish qonuniga muvofiq, Bill Klintonga nisbatan olib borilgan tergov materiallarini e’lon qildi — uni 15 yil avval, demokratlarning nufuzli tarafdori hisoblangan ayolning erini afv etgani munosabati bilan tekshirishgan edi. O‘shanda Klintonning harakatlarida qonunga zid hech narsa topilmagan. Hillari Klintonning vakillari bu hujjatlar saylov arafasida e’lon qilinishi tasodif ekanini shubha ostiga olib ulgurdi.

    Boshqa so‘rovlarga ko‘ra, Tramp Klintondan ortda qolmoqda. Masalan, FiveThirtyEight tahliliy loyihasi Trampning g‘alabasiga bor-yo‘g‘i 30 foizlik imkoniyatni prognoz qilmoqda. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Klintonga saylovchilarning qariyb 49 foizi ovoz beradi va u 300 dan ortiq tanlovchilarning ovozini qo‘lga kiritadi, vaholanki, saylovda g‘olib chiqish uchun tanlovchilarning 270 ta ovozi ham yetarli. Trampni esa saylovchilarning 45 foizi qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Shunday bo‘lsa-da, Trampning yo‘llari hali to‘la yopilmagan.

    FiveThirtyEight’ning yozishicha, Tramp Klinton bilan oradagi farqni taxminan 2 foizgacha qisqartirishi kerak — shunda respublikachilarning nomzodida Hillari uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega Kolorado va Nyu-Gempshirda yaxshi imkoniyat paydo bo‘ladi va saylovchilari hali ham ikkilanib turgan shtatlarda uning imkoniyati sezilarli oshib ketadi. Bunday holatda Klintonning g‘alabasi mutlaq hal bo‘lgan masaladek ko‘rinmaydi va Tramp o‘zi uchun tanlovchilarning 270 ta kerakli ovozini qo‘lga kiritishi ham mumkin.

    [playbuzz-item playbuzz_url="muhrima10/aqsh-prezidenti-saylovida-kim-g-olib-chiqadi"]

    Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

    04.11.2016, 09:45   Izoh (0)   8066
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mosuldagi operatsiya natijasida 10 mingga yaqin bola qochoqqa aylandi

    04.11.2016, 09:24

    Almazbek Atambayev: ShHT qanchalik mustahkam bo‘lsa, dunyo shunchalik barqaror bo‘lib boraveradi

    03.11.2016, 16:20

    Reuters: Klinton Trampni 6 foizga ortda qoldirmoqda

    03.11.2016, 14:03

    Italiyadagi zilzila tufayli yer qobig‘i 70 santimetrga siljidi

    03.11.2016, 12:03

    Pokistonda ikki poyezd to‘qnashuvi tufayli 11 kishi halok bo‘ldi

    03.11.2016, 11:25

    Bishkekda ShHT Milliy koordinatorlari kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi

    03.11.2016, 10:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Apple uch milliard dona iPhone sotdi

    Dunyo | 1 avgust, 23:45

    Eronning “Istiqlol” klubi Rustam Ashurmatov bilan shartnomani bekor qilishi mumkin

    Sport | 1 avgust, 23:30

    “AQSH G‘azo sektoridagi ocharchilikka qarshi kurashish rejasi ustida ishlamoqda” — Tramp

    Dunyo | 1 avgust, 23:25

    “Isroilning G‘azodagi harakatlari yahudiy qadriyatlariga zid” — niderlandiyalik ravvin

    Dunyo | 1 avgust, 23:10

    AQSHdagi muzey ekspozitsiyadan Trampning impichmentlari haqidagi ma’lumotni olib tashladi

    Dunyo | 1 avgust, 23:00

    Xitoyda odamlar anomal issiqdan metroda o‘tirib saqlanmoqda

    Dunyo | 1 avgust, 22:40

    Chet ellarda og‘ir sharoitda qolgan o‘zbekistonliklarni vatanga qaytarish aksiyasiga start berildi

    O‘zbekiston | 1 avgust, 22:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.