Toshkentda 2016-yil 3-noyabr kuni havo harorati +28,5 darajagacha ko‘tarildi, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet” markazi. Qayd etish joiz, bu shu kuni O‘zbekiston hududida qayd etilgan eng yuqori havo harorati bo‘ldi.
Xabar berishlaricha, shaharning 3-noyabr bo‘yicha tarixida bundan avvalgi eng yuqori havo harorati 1979-yilda o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda ham +28,5 darajani tashkil etgan edi.
O‘zbekistonning boshqa yirik shaharlari va viloyat markazlarida 3-noyabr kuni kunduzi havo haroratining eng yuqori darajasi quyidagicha bo‘ldi: Nukusda +5 daraja, Urganchda +7 daraja, Buxoroda +13 daraja, Navoiyda +14 daraja, Samarqandda +17 daraja, Andijon, Namanganda +20 daraja, Farg‘onada +22 daraja, Jizzax, Qarshida +23 daraja, Guliston, Termizda +25 daraja iliq.
4-noyabrga o‘tar kechasi mamlakatning yirik shaharlari va viloyat markazlarida havo haroratining eng past darajasi quyidagicha bo‘ldi: Nukusda 0, Urganchda +1 daraja, Samarqandda +2 daraja, Toshkent, Buxoro, Navoiy, Qarshida +3 daraja, Jizzax, Guliston, Namanganda +4 daraja, Termizda +6 daraja, Andijon, Farg‘onada +7 daraja iliq.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)