Yaponiya hukumati joriy yil kuz faslida imperator ordeni bilan taqdirlangan xorijliklar ro‘yxatini e’lon qildi. Ular orasida yaponiyalik intern qilingan shaxslar muzeyi direktori Jalil Sultonov ham bor, deya xabar beradi “Gazeta.uz”.
“Janob Sultonov O‘zbekistonda 1940-yillarda yashagan yaponlar tarixini saqlash orqali Yaponiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni chuqurlashtirishga munosib hissa qo‘shdi. U ‘Otayotgan quyosh, oltin va kumush nurlar’ ordeniga loyiq ko‘rildi”, — deya ma’lum qildi Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati.
Yaponiyalik intern qilingan shaxslar muzeyi 1998-yilda Jalil Sultonovning shaxsiy mablag‘i hisobiga ochilgan bo‘lib, bu yerda O‘zbekistonga Ikkinchi jahon urushidan so‘ng kelib qolgan yaponlarga oid manbalar, buyumlar yig‘iladi va namoyish etiladi.
Izoh (0)