• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sarvar Otamuratov farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashdi

    4-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan nomzod Sarvar Otamuratovning Farg‘ona viloyatidagi saylovchilar va keng jamoatchik bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zMTDP Farg‘ona viloyat kengashi axborot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Milliy tiklanish” partiyasi

    Foto: “Milliy tiklanish” partiyasi

    Uchrashuvda turli sohalar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, xotin-qizlar, yoshlar, mahalla faollari, partiya a’zolari hamda OAV xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuv Farg‘ona viloyatining barcha tuman va shaharlarining saylovchilari bilan onlayn video konferensiya orqali muloqot tarzida bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvni O‘zMTDP Farg‘ona viloyat kengashi a’zosi Ma’murjon Atajonov ochib berdi. Shundan so‘ng partiyadan Prezidentlikka nomzodning Farg‘ona viloyatidagi ishonchli vakili Umid Jabborov ishtirokchilarga Sarvar Otamuratovni tanishtirdi va uning tarjimai holiga to‘xtalib o‘tdi.

    S.Otamuratov so‘zga chiqib, saylovchilarni saylovoldi Dasturida belgilangan vazifalar bilan tanishtirdi. Nomzod ta’kidlaganidek, saylovoldi Dastur yettita ustuvor yo‘nalishlardan iborat. Unda asosan ma’naviy-ma’rifiy sohada erishilgan yutuqlarni mustahkamlash va bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirish, xalqimizning betakror va ulug‘vor tarixiy, madaniy va intellektual merosi, madaniyati va an’analarini asrab-avaylash va boyitish, uning yutuqlarini navqiron va barkamol avlod orasida keng targ‘ib qilishga alohida urg‘u beriladi.

    — Biz doimo milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur va qadr-qimmat tuyg‘usini mustahkamlash masalalariga ustuvor ahamiyat berganmiz va bundan buyon ham ushbu hayotiy masalalar diqqat markazimizda bo‘ladi, — dedi uchrashuvda Prezidentlikka nomzod S.Otamuratov.

    Nomzodning fikricha “O‘z tarixini bilmaydigan, kechagi kunini unutgan millatning kelajagi yo‘q” tamoyili asosida xalqimiz tarixini xolis va tizimli o‘rganish, bu borada o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi va bugungi kunini baholashda bir yoqlama yondashuvlarga, noxolislikka yo‘l qo‘ymaslik, O‘zbekiston tarixining buzib, soxtalashtirib talqin etilishiga qarshi kurashish milliy o‘zlikni anglashning muhim tamoyillaridan biridir.

    Kino, teatr va estrada san’atida xalqimizning boy va betakror tarixi, madaniyati, an’analari va ilg‘or urf-odatlarini ta’sirchan badiiy obrazlar orqali ifoda etadigan asarlarning yaratilishi yoshlar ongini xalqimizga yot bo‘lgan “ommaviy madaniyat”ning salbiy ta’siridan muhofaza qilish, ularning qalbi va ongiga milliy tiklanish g‘oyasini singdirish, kelajagimiz egalarini milliy ma’naviyat va qadriyatlar ruhida tarbiyalashga xizmat qiladi.

    Sarvar Otamuratov bu boradagi fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashar ekan, respublikaning boshqa hududlari kabi Farg‘ona viloyatida ham ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish lozimligini ta’kidlab o‘tdi.

    — Zero, bugungi kunda Farg‘ona viloyatidagi mavjud Farg‘ona san’at saroyi, Yusufjon Shakarjonov nomli viloyat drama teatri, “Xamza” nomli Qo‘qon drama teatri, viloyat rus drama teatri, viloyat milliy qo‘g‘irchoq teatri, Al Farg‘oniy nomli viloyat kutubxonasi hamda viloyat O‘lkashunoslik muzeyi kabi ma’naviyat o‘choqlariga yoshlarni keng jalb etish, ularning ma’naviyatini yuksaltirish, dunyoqarashini o‘stirish oldimizda turgan eng muhim vazifalardan biridir, — dedi Sarvar Otamuratov.

    Shuningdek, Prezidentlikka nomzod davlat tili masalasini ko‘tardi. Dasturda til millatning eng oliy qadriyatidir deb belgilangan. Shundan kelib chiqib, qadimiy va boy tarixga ega bo‘lgan, mustaqillik tufayli qadr-qimmati tiklangan, hozirda kechayotgan globallashuv davrida zamonaviy taraqqiyotning barcha sohalari talablariga javob beradigan tilimiz rivojini yangi bosqichga ko‘tarish, davlat tili sifatidagi maqomini mustahkamlash va uning to‘la amal qilishiga erishish, til madaniyatini yanada yuksaltirishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar majmuasini ishlab chiqish zarur deb ta’kidlandi.

    Mavjud davlat va siyosiy tizimni yanada mustahkamlash, milliy g‘oya, jamiyatimizning axloqiy va ma’naviy asoslari ustuvorligini ta’minlash, jamiyatda hukm surayotgan va xalqimizga xos bag‘rikenglik, millati, dini, ijtimoiy holati va kelib chiqishidan qat’i nazar, O‘zbekiston xalqi, barcha fuqarolarning birdamligi va hamjihatligini mustahkamlash Dasturda ilg‘or vazifalar qatorida turadi.

    Dunyo bozorida raqobatbardosh hamda milliy iqtisodiyotimiz timsoliga aylanadigan transmilliy kompaniyalarni shakllantirish, turizmni rivojlantirish hamda mamlakatimizning ishonchli, siyosiy va savdo-iqtisodiy sohalarda mas’uliyatli sherik sifatida xalqaro miqyosdagi imijini mustahkamlash kabi vazifalar ham Dasturda o‘z aksini topgan.Nomzod qayd etib o‘tganidek, bu maqsadlarni amalga oshirishda mehnatsevar Farg‘ona xalqi albatta, eng asosiy kuch va tashabbuskor bo‘ladi.

    Uchrashuvda ishtirokchilar so‘zga chiqib, nomzodning saylovoldi Dasturiga o‘z munosabatlarini bildirdi.

    04.11.2016, 11:58   Izoh (0)   4660
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Suvni maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnomani Yagona portal orqali olish mumkin bo‘ldi

    04.11.2016, 11:44

    Uch karra Ginnes rekordchilari bo‘lgan shveysariyalik sayohatchilar O‘zbekistonga tashrif buyurdi (foto)

    04.11.2016, 11:06

    Xalqaro forum platformasida Huawei hamkorlikning yangi rakursini izlamoqda

    04.11.2016, 10:13

    O‘zbekiston Prezidentligiga “Adolat” partiyasidan nomzod Narimon Umarovning tarjimai holi

    04.11.2016, 08:04

    O‘zbekiston Prezidentligiga O‘zXDPdan nomzod Hotamjon Ketmonovning tarjimai holi

    04.11.2016, 08:03

    O‘zbekiston Prezidentligiga O‘zLiDePdan nomzod Shavkat Mirziyoyevning tarjimai holi

    04.11.2016, 08:02
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.