Seul okrug sudi mamlakat prezidenti Pak Kin Xening dugonasi, yirik korrupsion janjalga aralashib qolgan Chxve Sun Silni hibsga olish uchun ruxsatnoma berdi. Bu haqda, “Ryonxap” agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Sud ayolga qarshi ilgari surilgan ayblovlarni sinchiklab tekshirganidan so‘ng ruxsatnoma chiqargani aytilmoqda. Hafta boshida Janubiy Koreya prokuraturasi so‘roqdan so‘ng Chxve Sun Silni ushlab qolgan edi.
Chxve Sun Sil o‘z mavqeidan foydalangan holda yirik kompaniyalarni unga aloqador ikki jamg‘armaga ko‘p millionli ehsonlar qilishga majburlaganlikda ayblanmoqda. Ayrimlar, o‘z navbatida, Pak Kin Xeni dugonasining bu ishlariga yo‘l qo‘yib berganlikda gumon qilmoqda.
Yaqinda Koreya Respublikasi hukumati rahbari o‘zgardi, shuningdek, kotibiyatda o‘zgarishlar amalga oshirildi. Jurnalistlar bu o‘zgarishlar korrupsion janjal bilan bog‘liqligini taxmin qilmoqda. Mamlakat rahbari hamda Chxve Sun Silning o‘zi ham jamoatchilikdan uzr so‘radi (1, 2).
Izoh (0)