BMT bosh kotibi Pan Gi Mun jurnalistlarga qarshi amalga oshirilayotgan jazosiz jinoyatlar miqyosini qo‘rqitadigan darajaga yetib borganini ma’lum qildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Oxirgi o‘n yillikda 827 jurnalistning o‘ldirilishi qayd qilindi, bizdagi axborotga ko‘ra, shu jinoyatlar aybdorlarning 8 foizi javobgarlikka tortilgan”, — deyiladi bosh kotibning 2-noyabr — Xalqaro jurnalistlarga nisbatan jazosiz jinoyatlarga qarshi kurashish kuni munosabati bilan bergan bayonotida.
“Jurnalistlarga qarshi hujumlar inson huquqlarini buzmoqda hamda axborot va so‘z erkinligiga daxl qilmoqda”, — qo‘shimcha qildi Pan Gi Mun.
Izoh (0)