Malayziya qutqaruv xizmatlari mamlakat sharqida kuchli suv toshqini xavfi mavjudligi haqida ogohlantirdi, uning oqibatida kamida 100 ming kishi jabrlanishi mumkin, deya xabar bermoqda “TASS”. Vaziyat yomonlashuvi yomg‘irlar mavsumi boshlanadigan noyabr o‘rtalariga kutilmoqda.
Shu munosabat bilan Paxang shtatida qochoqlar uchun 700 dan ortiq vaqtinchalik boshpanalar tashkil qilindi, hukumat favqulodda vaziyatlarda ularning sonini ko‘paytirishga tayyor. Mahalliy meteorologiya boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, kuchli yog‘ingarchilik noyabrning ikkinchi yarmida kuzatiladi, agar u yanvargacha davom etsa, ko‘plab tumanlarda kuchli toshqin va yer o‘pirilishlari sodir bo‘lishi mumkin.
Qo‘shni Trenganu shtati hukumati aholini evakuatsiya qilish uchun 500 ga yaqin joy tayyorladi, shoshilinch xizmatlar ishtirokida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Izoh (0)