Moldovadagi prezident saylovi bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi, deya xabar bermoqda “TASS”.
“Soat 13:20 (Toshkent vaqti bilan 17:20) holati bo‘yicha kelib tushgan ma’lumotlarga ko‘ra, asosiy ro‘yxatlarga kiritilgan saylovchilarning 33 foizi ovoz berib bo‘ldi, saylovni bo‘lib o‘tgan deb hisoblash mumkin”, - dedi Moldova Markaziy saylov komissiyasi rahbari Alina Russu.
Moldova prezidentligi uchun to‘qqiz nomzod kurash olib bormoqda. Ijtimoiy so‘rov natijalariga ko‘ra, muxolifatdagi Sotsialistlar partiyasi yetakchisi Igor Dodon hamda Harakat va birdamlik partiyasi rahbari Mayya Sandu davlat rahbari o‘rniga asosiy da’vogardir.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)