Islandiyada bo‘lib o‘tgan parlament saylovi yakunlariga ko‘ra, mamlakat bosh vaziri Sigyurdyur Ingi Youxannsson o‘z lavozimini tark etadi va hukumatni shakllantirish huquqini Islandiya prezidentiga topshiradi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Bosh vazir Taraqqiyot partiyasi a’zosi edi. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur partiya saylovda 11,5 foiz ovoz oldi va saylov poygasida to‘rtinchi bo‘lib turibdi.
Birinchi o‘rin “taraqqiyotchilar”ning hukmron koalitsiyadagi sobiq hamkori – Mustaqillik partiyasiga nasib etdi.
Islandiya qonunchiligiga muvofiq, prezident yangi hukumatni shakllantirish huquqini parlament saylovida birinchi o‘rinni egallagan partiyaga topshiradi.
“Men o‘z vakolatimni prezident Gvyudniga topshirishim kerak”, - dedi bosh vazir mahalliy televideniye orqali qilgan chiqishi chog‘ida.
Hozirda Islandiyaga Gvyudni Torlasiyus Youxannsson prezidentlik qilmoqda, u 1-avgust kuni bo‘lib o‘tgan saylovda g‘olib chiqqan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)