Suriyaning Aleppo shahrida terrorchilar tomonidan zaharli gaz bilan to‘ldirilgan snaryadlar otilishi oqibatida 35 kishida bo‘g‘ilish belgilari paydo bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Terrorchilar Alepponing Al-Hamdoniya turar joy mavzesiga hujum uyushtirgan, mavzeda harbiy akademiya binosi ham borligi aytilmoqda.
Xabar berishlaricha, hujum oqibatida 30 kishi jabrlangan va kamida bir kishi halok bo‘lgan. Jabrlanuvchilar orasida harbiylar ham, tinch aholi vakillari ham bor.
Kimyoviy hujumning boshqa tafsilotlari ma’lum qilinmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)