The Washington Post va ABC telekanali tomonidan 25-28-oktabr kunlari o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan nomzod Hillari Klinton Respublikachilar partiyasi vakili Donald Trampni atigi bir foizga ortda qoldirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Natijalarga ko‘ra, saylovchilarning 46 foizi Hillari Klintonga, 45 foizi Donald Trampga, 4 foizi Libertarianlar partiyasi vakili Geri Jonsonga, 2 foizi esa “yashillar” vakili Jill Staynga ovoz berish niyatida.
Tadqiqot telefon suhbati usulida o‘tkazilgan, unda 1160 kishi qatnashgan. So‘rovning statistik xatoligi 3 foizdan oshmasligi aytilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)