AQSh harbiy-dengiz kuchlarining eskadrilya mina tashuvchisi Carney Qora dengiz akvatoriyasini muddatidan ilgari tark etdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Mina tashuvchining Bosfordan o‘tishini kuzatib borayotgan saytlarda keltirilishicha, Carney Qora dengiz suvlarida ruxsat etilgan 21 sutkaning o‘rniga olti kun o‘tkazdi. U Ruminiyaning Konstansa portiga kirdi, shundan so‘ng janub tomonga harakatlanishda davom etdi
Carney Qora dengizga 24-oktabr kuni kirgan edi. U ballistik raketalarni aniqlash va tutib qolish, shuningdek, qanotli raketalar bilan zarba berishga mo‘ljallangan. U Aegis raketalarga qarshi tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, mudofaa tizimi qurish dasturi doirasida Yevropada doimiy joylashtirilgan.
Izoh (0)