Turkiyada o‘lim jazosining qayta joriy etilishi mumkinligi Yevropa Kengashining jiddiy xavotiriga sabab bo‘lmoqda, deya xabar bermoqda “TASS”.
“O‘lim jazosini joriy etish va Yevropa Kengashiga a’zolik bir-biriga muvofiq emas”, - deb yozdi tashkilot matbuot kotibi Daniel Xoltgen Twitter’dagi sahifasida.
2016-yil yozida yuz bergan davlat to‘ntarishiga urinishdan so‘ng, Turkiyada o‘lim jazosini qayta tiklash masalasi kun tartibida paydo bo‘ldi.
So‘nggi 10 yildan beri Yevropa Kengashiga a’zo 47 mamlakatning birortasida o‘lim jazosi qo‘llanilmagan. Ushbu mamlakatlarning aksariyatida o‘lim jazosi huquqiy jihatdan taqiqlangan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)