Myanma g‘arbiy sohilida samolyot qulab tushganligi taxmin qilinmoqda. Bu haqda mamlakat fuqarolik aviatsiyasi boshqarmasiga tayanib, Reuters agentligi ma’lum qildi.
“Shuni aniq aytishim mumkinki, bu samolyot mamlakatning biror bir aviakompaniyasiga tegishli emas”, — deb ta’kidladi boshqarma vakili. Uning so‘zlariga qaraganda, havo kemasining qulaganligi haqida birinchi bo‘lib, hududdagi manbalar ma’lum qilgan.
Mutaxassislar hodisa joyiga yo‘l oldi.
Izoh (0)