Koreya Respublikasi va AQSh KXDR yadro va raketa obyektlarini tutib qolish bo‘yicha qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi. Bu haqda Janubiy Koreya milliy mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
“AQSh Harbiy-havo kuchlarining maxsus tezkor guruhi Janubiy Koreyaning maxsus topshiriqli bo‘linmasi bilan birgalikda Kunsan bazasida dushman obyektlariga ‘jarrohlik zarbalari’ berishni ishlab chiqish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazdi”, — deyiladi xabarda.
Teak Knife deb nomlangan o‘quv mashg‘ulotlarida ittifoqchilar qurolli mojaro yuz bergan holatda ularning maxsus topshiriqli bo‘linmalari KXDR hududiga samolyot bilan hujum qilishi bo‘yicha ssenariydan foydalandi.
Kuzatuvchilarning fikricha, o‘quv mashg‘ulotlari haqida OAVlarga ma’lum qilinishi Koreya yarim orolidagi vaziyatning keskinlashuvi bilan bog‘liq.
Izoh (0)