Kaledagi “Jungli” qochoqlar lagerida 26-oktabrga o‘tar kechasi yong‘in yuz berdi. “Korrespondent.net” xabariga ko‘ra, qochoqlar guruhi bir necha bo‘sh chodirni yoqib yuborgan, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan.
“Biz ulardan bunday qilmaslikni so‘radik. Biroq ular bizga quloq solmay, baribir bir necha chodirni yoqib yubordi. O‘t o‘chiruvchilar guruhi muntazam shu yerda bo‘lib turibdi. Shu sababli ham olovni tezda o‘chirishga erishildi”, — dedi hududiy prefekt Fabiyen Buche.
Favqulodda hodisaga qaramay, 24-oktabr, dushanba kuni boshlangan qochoqlar lagerini ko‘chirish ishlari davom etmoqda. Hozirgacha 4 ming muhojir — lagerdagilarning qariyb yarmi “Jungli”dan Fransiyaning boshqa hududlaridagi muhojirlar markazlariga ko‘chirildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)