Rejissor Elison Grasso islandiyalik Viktor Sveynsson haqida qisqa metrajli film tayyorladi. Sveynsson vulqon yaqinidagi termal manbalarning qaynoq loyiga xamir solingan idishlarni ko‘mish yo‘li bilan non yopadi, deb xabar qiladi TJournal.
Bu kabi termal manbalarda issiqlik darajasi Selsiy bo‘yicha 100 daraja atrofida bo‘ladi. Bu oddiy pechdagidan kamroq, ammo nonni sekin yopish uchun yetarli. Xamir javdar va bug‘doy unidan, shuningdek, shakar, sut, tuz va xamirturushdan tayyorlanadi. Hosil bo‘lgan massa uyg‘oq vulqon yaqinidagi qaynoq loyga ko‘miladi.
Bir sutkadan so‘ng idishni kovlab olib, pishgan nonni dasturxonga tortish va sariyog‘ bilan tanovul qilish mumkin. Grasso non hayratlanarli darajada shirin va mazali ekanligini e’tirof etdi.
Izoh (0)