O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Ulug‘bek Ro‘ziqulov boshchiligidagi delegatsiya 26—28-oktabr kunlari Belarusga tashrif buyuradi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
O‘zbekiston—Belarus kelishuvlariga binoan delegatsiya turli darajalarda ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazadi. Shuningdek, delegatsiya Minskda 28-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi.
Izoh (0)