Germaniyaning Baden-Vyurtenberg yeridagi Xaylbronn shahrida 50 nafar o‘rta maktab o‘quvchisi noma’lum gazdan zaharlandi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Jabrlanganlar shifoxonaga yetkazildi.
Maktabda 350 o‘quvchi bor edi. Voqea joyini o‘t o‘chiruvchilar o‘rganmoqda, ular gazning tarkibini va manbaini aniqlashga harakat qilmoqda.
Izoh (0)