Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qo‘shnichilik siyosati bo‘yicha yevrokomissar Yoxannes Xan Belarusga nisbatan joriy etilgan sanksiyalarni bekor qilish masalasini mamlakat delegatsiyasi uchrashuv chog‘ida muhokama qilishga va’da berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: “Korrespondent.net”

Foto: “Korrespondent.net”

Belarus hukumati matbuot xizmati tarqatgan axborotga ko‘ra, ayni vaqtda Minsk Yevropa Ittifoqining Sharqiy hamkorlik dasturida ishtirok etish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.

Belarus rahbariyati vakillari, bir qator korxonalari va jismoniy shaxslariga nisbatan sanksiyalar 1994-yili hokimiyat tepasiga prezident Aleksandr Lukashenko kelishi bilan, Belarus va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar sovuqlashgani sabab joriy etilgan edi.

2008-yildan beri Yevropa Ittifoqi va Belarus o‘rtasidagi munosabatlar iliqlashayotgani kuzatilmoqda. Xususan, 2016-yil fevralida Yevropa Ittifoqi Kengashining Belarusga nisbatan sanksiyalarni bekor qilish bo‘yicha qarori kuchga kirgan edi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda haj ziyoratiga borish uchun to‘lov miqdori e’lon qilindi
Mahalliy
O‘zbekiston va Jahon banki sheriklik dasturi 4 mlrd dollarlik loyihalarni o‘z ichiga olishi ma’lum bo‘ldi
Dunyo
Nabirasining jasadi oldida o‘tirgan bobo, o‘qqa tutilayotgan rossiyalik harbiylar, bo‘lajak to‘yini nishonlayotgan shahzoda —1-iyun suratlari