Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

23-oktabr kuni birinchi iPod mp3-pleyeri taqdimoti o‘tkazilganiga 15 yil to‘ldi. Ammo Apple kompaniyasining o‘zi mazkur sanani nishonlamaslikni ma’qul ko‘rdi, deb xabar bermoqda TJournal.

Foto: The Daily Dot

Foto: The Daily Dot

Ta’kidlanishicha, birorta matbuot xabarnomasi chiqarilmadi, Twitter’da birorta xabar qoldirilmadi.

2001-yili 399 dollar narxda chiqarilgan iPod o‘z payti uchun favqulodda ko‘rsatkichlarga ega edi: 184 gramm vazn, 18 millimetr qalinlik, 5 Gb xotira. Pleyer cho‘ntakka sig‘ar edi. Undagi FireWire interfeysi orqali o‘n sekundda uskunaga kompakt-diskdagi qo‘shiqlarni o‘tkazish mumkin edi.

Original iPod’ning bozori 13 yil davomida chaqqon bo‘ldi, uning besh modifikatsiyasi 2010-yilga qadar 257 million nusxada sotildi. Ammo u paytga borib iPhone tufayli iPod’ning shuhrati ancha pasayib qolgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentdagi bog‘chada bolalar oyog‘iga igna tiqilgani ortidan ikki kishi jarimaga tortildi
Dunyo
Lukashenko Kaxovka GESni ukrainaliklar atay portlatganini aytdi va buning “sababini” keltirdi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kanalda oqib ketgan 5 yoshli bolaning jasadi topildi