Falcon 9 raketasining shu yil sentabr oyida portlashi ishlab chiqarishdagi nosozlik bilan emas, yoqilg‘i to‘ldirish jarayoniga bog‘liq. Qurilmani tayyorlagan Ilon Mask rahbarligidagi SpaceX kompaniyasi mutaxassislari shunday dastlabki xulosaga keldi, deya xabar beradi “TASS”.
The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, kompaniya mutaxassislari Kanaveral burnidagi kosmodrom parvoz maydonida sodir bo‘lgan holatni ikir-chikirigacha tiklashga harakat qilmoqda. Asosiy vazifa geliyli rezervuar uni qurshab turgan va o‘ta past haroratgacha sovutilgan suyuq kislorod bilan qanday aloqaga kirishishini aniqlashdan iborat. Chunki shu paytgacha kosmik sanoatda suyuq kisloroddan Falcon 9 kabi og‘ir raketalarda foydalanilmagan.
Yoqilg‘i to‘ldirishdagi muammolar haqidagi taxmin kompaniya uchun afzalroq, zero SpaceX ortiqcha mashmashalarsiz eltuvchi raketalar parvoziga kirishishi mumkin. Ishlab chiqarishdagi nuqson yoki konstruksiyadagi nosozlik raketaning barcha qismlari sifati sinchiklab tekshirilishi, bu esa bir necha oyga cho‘zilishi ehtimoldan xoli emas.
Izoh (0)