• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xalqaro ekspertlar O‘zbekistonda saylovlarga oid me’yoriy hujjatlar takomillashtirilganini e’tirof etmoqda

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga nufuzli xalqaro tashkilotlar ham qiziqish bildirmoqda. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi Ehtiyojlarni baholash missiyasining (EBM) mamlakatga tashrifi buning dalilidir. O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining doimiy asosda ishlovchi a’zosi Temur Shirinov bilan mazkur tashrif xususida suhbatlashdi.

    Foto: UzDaily

    Foto: UzDaily

    — Ta’kidlash kerakki, Markaziy saylov komissiyasi ko‘plab xalqaro tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘ygan, — deydi T.Shirinov. – Ayni vaqtda Markaziy saylov komissiyasi hamda YXHT o‘rtasidagi aloqalar ham samarali rivojlanib bormoqda. YXHT O‘zbekistondagi loyihalari koordinatorining Toshkentdagi ofisi “O‘zbekiston Respublikasi saylov amaliyotini takomillashtirishga ko‘maklashish” qo‘shma loyiha doirasida mamlakatimizda saylov amaliyotini yanada demokratlashtirishning turli masalalariga bag‘ishlangan xalqaro tadbirlar, anjuman va seminarlarni tashkil qilish va o‘tkazishda faol ishtirok etdi. Ularning ishida YXHTga a’zo mamlakatlar vakillari, shu jumladan, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi ekspertlari ishtirok etdi.

    Markaziy saylov komissiyasi vakillari Ispaniya, Fransiya, Daniya, Buyuk Britaniya saylov amaliyoti bilan yaqindan tanishish, shu jumladan, saylovchilarning yagona elektron reyestrini yaratish bo‘yicha xorijiy tajribani o‘rganish imkoniga ega bo‘ldi.

    Tajriba almashish, demokratik saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish maqsadida mamlakatimiz mutaxassislarining Fransiya, Ispaniya, Polsha, Daniya, Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Hindiston kabi davlatlarga 20 ga yaqin amaliy tashriflari uyushtirildi.

    Markaziy saylov komissiyasi a’zolari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari missiyalar tarkibida Buyuk Britaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Ukraina, Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Litva va boshqa mamlakatlardagi parlament va prezidentlik saylovlarida xalqaro kuzatuvchilar sifatida qatnashdi. Xususan, o‘zim Koreya Respublikasi, Qozog‘iston, Gruziya kabi davlatlardagi saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish ishlarini bevosita kuzatdim. Bu albatta tajriba almashish va o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga xizmat qiladi.

    Umuman olganda, mamlakatda mustaqillik yillarida saylov qonunchiligi va amaliyotida to‘plangan tajriba bugungi kunda O‘zbekistonning mazkur yo‘nalishda ham xalqaro obro‘-e’tiborining oshib borishiga xizmat qilmoqda. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi 2013-yilda tashkil etilgan, 100 ga yaqin dunyo mamlakatlari saylov organlarini o‘zida birlashtirgan Butunjahon saylov organlari assotsiatsiyasining ta’sischilaridan biri ekanini keltirib o‘tish joiz.

    — Markaziy saylov komissiyasining taklifiga binoan O‘zbekistonga tashrif buyurgan YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi ekspertlari qaysi jihatlarga asosiy e’tiborini qaratdi?

    — Joriy yilning 11—14-oktabr kunlari mamlakatda bo‘lgan YXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi saylov departamenti rahbari Aleksandr Shlik boshchiligidagi Ehtiyojlarni baholash missiyasi saylovoldi hamda saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini baholash, saylov komissiyalari, shuningdek, saylovni o‘tkazishga aloqador davlat organlari ish faoliyati, saylovga tayyorgarlik borasida siyosiy partiyalar hamda ommaviy axborot vositalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish, milliy qonunchilikni tahlil qilishga e’tibor qaratdi.

    Shuningdek, missiya ekspertlari Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senati, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy sud, Adliya vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasida uchrashuvlar o‘tkazdi. Ular Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti hamda siyosiy partiyalarda ham bo‘ldi.

    — Ekspertlar mamlakat saylov qonunchiligiga kiritilgan so‘nggi o‘zgartish va qo‘shimchalarga qanday baho berdi?

    – Ma’lumki, 2015-yil 29-dekabrda kuchga kirgan qonunga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi qonunga bir qator o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga muvofiq qonunga boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar va harakatlardan kuzatuvchilarga mandatlar berish tartibiga oid, qamoqda saqlash joylarida ovoz berishni tartibga soluvchi, saylovchilar ro‘yxatini tuzishga doir, saylovoldi tashviqoti, uni amalga oshirish shakllari, usullari, turlari hamda muddatlarini aniq belgilaydigan, muddatidan avval ovoz berish tartibini yanada soddalashtiradigan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzodni qo‘llab-quvvatlash maqsadida siyosiy partiyalar tomonidan yig‘iladigan imzo varaqalarining sonini qisqartirishga oid yangi normalar kiritildi.

    Xalqaro ekspertlar siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomzodini qo‘llab-quvvatlash uchun saylovchilarning zarur imzolari 5 foizdan 1 foizga kamaytirilgani ham ijobiy baholadi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi saylovga tayyorgarlik ko‘rish hamda o‘tkazish bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlarining yanada takomillashtirilgani alohida qayd etildi.

    Xalqaro mutaxassislar saylovchilar huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar qabul qilinganiga e’tibor qaratdi. Chunki mazkur dastur aholining deyarli barcha qatlamlari, shu jumladan, xotin-qizlar, yoshlar, nuroniylar, imkoniyati cheklangan shaxslar, harbiy xizmatchilar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, mehnat jamoalari, o‘quv muassasalari vakillari, shuningdek, u yoki bu sabab bilan vaqtincha xorijiy mamlakatlarda bo‘lib turgan hamyurtlarimizni qamrab oladiki, bu mamlakatda fuqarolarning saylov huquqlari to‘liq kafolatlanganining yana bir amaldagi ko‘rinishidir.

    Missiya uchrashuvlar yakuni bo‘yicha belgilangan muddatda o‘z xulosasini tayyorlaydi. Unda saylovni samarali, haqqoniy va professional kuzatish uchun sharoitlar mavjudligi, saylov tizimi shaffofligi hamda jamiyatning mazkur tizimga bo‘lgan ishonchi, shuningdek, Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining oldingi saylovlarni kuzatish natijalari yuzasidan berilgan tavsiyalari ijrosi singari mezonlar o‘rin oladi.

    21.10.2016, 11:41   Izoh (0)   4031
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 9 oy davomida inflyatsiya darajasi 2,2 foizni tashkil etdi

    21.10.2016, 11:12

    O‘zbekistonda yil boshidan beri 3,7 milliard dollarlik 100 ta yirik obyekt ishga tushirildi

    21.10.2016, 09:35

    Toshkentdagi benzin taqchilligi haqida asossiz shov-shuvlar, 20 ming dollardan uzoqlashayotgan Rustam Qosimjonov, Rossiyadan o‘zib ketgan O‘zbekiston futbol termas...

    20.10.2016, 20:12

    Uchastka saylov komissiyalari faoliyatini samarali tashkil etishga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazildi

    20.10.2016, 16:03

    Yagona portal orqali alkogol bilan savdo qilishga ruxsat olish mumkin

    20.10.2016, 15:30

    Shov-shuvlarga sabab bo‘lgan biznes-trening

    20.10.2016, 13:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ukraina hududlarini berish — Rossiyaning tuzog‘i” — YI oliy vakili

    Dunyo | 23 avgust, 19:00

    APL. “Manchester Siti” “Tottenhem”ga imkoniyatni boy berdi. Husanov maydonga tushmadi

    Sport | 23 avgust, 18:40

    Turkiya birinchi xonimi Melaniya Trampga G‘azodagi vaziyat borasida maktub yo‘lladi

    Dunyo | 23 avgust, 18:25

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.