KXDR BMT Koreya yarim orolida mustahkam tinchlik va xavfsizlikni ta’minlashga zid maqsadlarda qo‘llanayotgan tajribadan voz kechish kerak deb hisoblaydi. Bu haqda respublika vakili BMT Bosh assambleyasining 71-sessiyasidagi Huquqiy masalalar bo‘yicha qo‘mita yig‘ilishida ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Shu munosabat bilan KXDR vakili Qo‘shma Shtatlardan Janubiy Koreyada noqonuniy tashkil etilgan BMT Qo‘mondonligini zudlik bilan tarqatib yuborishni va BMT Bosh assambleyasining 30-sessiyasida qabul qilingan qarorga muvofiq barcha tajovuzkor kuchlarni uning hududidan chiqarib ketishni talab qildi.
Uning so‘zlariga qaraganda, hozirgi paytda 1950—1953-yillardagi Koreya urushi davomida tashkil etilgan ushbu harbiy mexanizmning BMT qo‘shinlariga hech qanday aloqasi yo‘q va u AQSh tomonidan KXDRga nisbatan dushmanlik siyosatini amalga oshirish uchun qo‘llanmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)