Xitoyning bortida ikki nafar kosmonavti bo‘lgan “Shenchjou-11” kosmik kemasi avvalroq orbitaga uchirilgan “Tyangun-2” laboratoriya moduli bilan muvaffaqiyatli birikishni amalga oshirdi. Bu haqda Pekin parvozlarni nazorat qilish markazi ma’lum qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Birikish Pekin vaqti bo‘yicha 3:31 da Yerdan 393 kilometr balandlikda avtomatik rejimda o‘tdi.
Xitoylik ikki kosmonavt Xitoy Xalq Respublikasi uchun rekord darajadagi vaqt — 30 kun davomida koinotda bo‘ladi. Kosmonavtlarga orbitada qator eksperimentlarni o‘tkazish vazifasi qo‘yilgan.
Izoh (0)