Toshkent shahrida 2016/17-yilgi isitish mavsumi 19-oktabrdan boshlanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.
2016-yilning 18-oktabr kuni Toshkent shahar hokimi “Toshkent shahrida 2016–2017-yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi qarorga imzo chekdi.
Ushbu qarorga ko‘ra, issiqlik ta’minoti, ijtimoiy soha obyektlari rahbarlariga tuman hokimliklari bilan hamkorlikda ijtimoiy soha obyektlari, xususan, ta’lim muassasalari, kasalxona va poliklinikalarni 2016-yil 19-oktabrdan, aholi turar-joy binolarini esa 20-oktabrdan muntazam isitishga kirishishni tashkil etish topshirilgan.
Izoh (0)