Kvinslend universiteti mutaxassislari ultratovush bilan davolashning yangi usulini sinovdan o‘tkazdi. Ular tajriba sichqonlarida miyaning qarish jarayonini sekinlatishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda universitet sayti ma’lum qildi, deb yozadi “Hi-Tech Mail.ru”.
Olimlar ushbu tajriba ustida ish olib borish davomida olti hafta mobaynida sichqonlarga ultratovush bilan ta’sir ko‘rsatish seanslarini o‘tkazdi. Shundan keyin ular muolaja oqibatlarini o‘rgana boshladi. Qarish jarayoni miya qismlari hujayralarining tarkibi, hissiyotlarni shakllantirish uchun javob beruvchi va xotirani boshqaruvchi — gippokampni o‘zgartiradi.
Ultratovush sichqonlar miyasining qarish jarayonini sekinlashtirgani aniqlandi. Muolajadan uch oy o‘tgandan keyin ham gippokamp tuzilishi o‘zgarmadi. Tadqiqotlar muallifi Robert Xetchning ta’kidlashicha, seanslar organizmga hech qanday zarar yetkazmagan.
Endilikda ultratovush inson miyasining qarish jarayonini ham sekinlata olishini aniqlash kerak bo‘ladi.
Izoh (0)