Ispaniyalik musulmon piyoda umraga borib keldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Besh yarim oy muqaddam Parijdan yo‘lini boshlagan erkak 9 ming kilometr masofani bosib o‘tdi. U yo‘l bo‘yi 5 ming yevro sarfladi. Unga taklif qilingan moddiy yordamni esa qabul qilmadi.
Ob-havoning buzilib turishi uning yo‘lini yanada murakkablashtirdi. Uning eslashicha, bir yerda havo shunchalik sovuq ediki, u qo‘l-oyog‘ini his etmay qolgan edi. Shunga qaramay, erkak Makkaga yetib bordi.
Izoh (0)