Ispaniya chempionatining uchinchi divizioni vakili – “Kultural Leonesa” klubi futbolchilari Ispaniya Kubogi 1/16 finaliga qur’a tashlash natijasiga ko‘ra Madridning “Real” jamoasiga qarshi bahs yuritadigan bo‘ldi. Quyi divizoin vakillari ushbu hodisani katta xursandchilik bilan kutib oldi, deb xabar bermoqda “Sports.ru”.
Jamoalar o‘rtasidagi dastlabki uchrashuv 26-oktabr kuni “Kultural Leonesa” maydonida, Leon shahridagi sig‘imi 13 500 muxlisga mo‘ljallangan stadionda bo‘lib o‘tadi. Klub ushbu uchrashuvdan yaxshigina foyda ko‘rishni ko‘zlamoqda.
Javob o‘yini 1-dekabrga o‘tar kechasi “Real”ga tegishli “Santyago Bernabeu” stadionida o‘tkaziladi. “Kultural Leonesa” safarda o‘ynashiga qaramay, foydaning bir qismiga ega bo‘ladi.
Izoh (0)