Fransiya g‘arbidagi turar-joyda 15-oktabr, shanba kuni balkon qulab tushishi oqibatida to‘rt kishi halok bo‘ldi va 11 kishi jarohat oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Hodisa Anje shahri markazida ro‘y berdi. Halok bo‘lgan va jabrlanganlarning shaxsi va yoshi ma’lum qilinmagan. Yaradorlardan biri og‘ir holatda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 4-qavat balkoni unda o‘n kishi bo‘lgan payt qulab tushgan. Gap yaqinda qurilishi yakunlangan bino haqida ketayotganligi bildirilmoqda.
Izoh (0)